“MinGeoMod 2026” xalqaro olimpiadasi yakunlandi
2026-09-30 12:40:00 / Yangiliklar

Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgani bilan ahamiyatli musobaqaga Geologiya fanlari universiteti mezbonlik qildi.
Olimpiadada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etib, kon-geologiya ma’lumotlarini modellashtirish, geologik, karkasli va blokli modellar yaratish hamda foydali qazilmalar zaxirasini baholash bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdi.
Ikki kunlik bahslar yakunida sovrinli o‘rinlar taqsimoti quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
🥇 1-o‘rin — MISIS Fan va texnologiyalar universitetining Olmaliq filiali
🥈 2-o‘rin — Nazarbayev universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
🥉 3-o‘rin — Geologiya fanlari universiteti
“MinGeoMod 2026” nafaqat yosh mutaxassislarning bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazgan xalqaro maydon, balki O‘zbekistonni, xususan, Geologiya fanlari universitetini kon-geologiya sohasidagi zamonaviy modellashtirish yo‘nalishida xalqaro hamkorlik va professional muloqot markazlaridan biriga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.






