O‘zbekiston delegatsiyasi MDH davlatlari Hukumatlararo kengashining XXIX sessiyasida ishtirok etdi
2026-09-28 16:15:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda O‘zbekiston delegatsiyasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hududiy va ruda geologiyasi bo‘limi rahbari Nafisa Dulabova boshchiligida ishtirok etdi.
Sessiyada Hukumatlararo kengashning 2023–2030-yillarga mo‘ljallangan Istiqbollar rejasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari mamlakatimizda geologik tadqiqotlar, raqamli geologik xaritalarni yaratish hamda yagona milliy geologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish borasida erishilgan natijalar bo‘yicha ma’ruzalar bilan qatnashdi.
Sessiya ishtirokchilari yer qa’rini geologik o‘rganish, sohani raqamlashtirish va MDH davlatlari geologik xizmatlari o‘rtasidagi axborot almashinuvini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashdilar.






