Toshkent viloyatida “MinGeoMod 2026” xalqaro olimpiadasi boshlandi
2026-09-28 15:15:00 / Yangiliklar

Olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Micromine Australia kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan.
Ikki kun davomida ishtirokchilar nazariy testlardan o‘tib, geologiya-qidiruv ma’lumotlari bilan ishlash, geologik, karkasli va blokli modellarni yaratish, shuningdek blokli modelda oltin miqdorini baholash bo‘yicha amaliy topshiriqlarni bajaradilar.
Olimpiadaning yakuniy bosqichida ishtirokchilar kompleks loyiha ustida ishlaydi, yaratilgan modellarni namoyish etadi hamda o‘z ishlarini hakamlar hay’ati oldida himoya qiladi. Yakunda g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.
“MinGeoMod 2026” yosh mutaxassislar va talabalar o‘rtasida zamonaviy geologik modellashtirish texnologiyalarini o‘zlashtirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda tajriba almashishga xizmat qiladi.






