Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-09-26 17:10:00 / Yangiliklar
2026-yil 26-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R.Yusupov, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ hamda boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Qabulda fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularda ko‘tarilgan masalalar mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqildi, ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli korxonalar mas’ullariga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.




