CRRC Dalian Co., Ltd kompaniyasi vakillari OKMK faoliyati bilan tashishdi
2024-09-23 17:17:00 / Yangiliklar

Kompaniya vakillarini kombinat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bir qator obyektlarga sayohat uyushtirildi. Dastlab, mehmonlar “OKMK” AJ muzeyida bo‘lishdi, shundan so‘ng, “Qalmoqqir” va “Yoshlik-1” konlarida hamda Sanoat temir yo‘l boshqarmasida texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.
Tashrif davomida OKMK rahbariyati va kompaniya vakillari o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasi Xitoyning lokomotiv va harakatlanuvchi tarkib ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Korxona dizel hamda elektr lokomotivlari, shuningdek, shahar transport vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.



