DIQQAT, SAYYOR QABUL!
2026-09-26 / Voqealar taqvimi
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Mazkur uchrashuvda vazir o‘rinbosari R. Yusupov ishtirok etib, soha bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari va takliflarini tinglaydi.
Sayyor qabul 2026-yil 26-sentabr kuni soat 14:00 da Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Fusunkor ko‘chasi, 86-uy, Shahrisabz tumani hokimligi binosida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishdir.
Soha mutaxassislari va tadbirkorlarni ochiq muloqotga taklif etamiz.
