Angren shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-09-24 18:15:00 / Yangiliklar
2026-yil 24-sentabr kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F.Xamidova, vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, “O‘zbekko‘mir” AJ hamda boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Qabulda fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularda ko‘tarilgan masalalar mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqildi. Bir qator murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.





