Yer qaʼridan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlari boʻyicha SHHT Konferensiyasi haqida
2026-09-24 10:10:00 / Yangiliklar

Xizmat safari davomida Shanxay hamkorlik tashkilotining “Yer qaʼridan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlari boʻyicha Konferensiyasi”da Kon-geologiya vazirligi mas’ul xodimi A.Oʻlmasov hamda “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM direktor oʻrinbosari J.Toʻxtayev ishtirok etishdi.
Konferensiyada SHHT ga aʼzo davlatlar vakillari oʻz mamlakatlarining togʻ-kon sanoati faoliyati yuzasidan taqdimotlar oʻtkazishdi. Delegatlar konlarni birgalikda oʻzlashtirishning istiqbolli rejalarini taqdim etdilar.
Delegatsiya a’zolari tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekistonning yer qaʼridan samarali va masʼuliyatli foydalanish sohasidagi yondashuvlari, mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish, geologik-qidiruv ishlarini jadallashtirish hamda investitsiyalarni jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Tadbir yakunida SHHT doirasida mazkur konferensiyaning har yili muntazam ravishda tashkillashtirish, unda ishtirok etish va xar bir aʼzo davlatlar sohadagi tajribalari bilan oʻrtoqlashish masalalari kelishib olindi.



