Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-09-23 18:18:00 / E’lonlar
Mazkur uchrashuvda vazir o‘rinbosari R. Yusupov ishtirok etib, soha bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari va takliflarini tinglaydi.

Sayyor qabul 2026-yil 26-sentabr kuni soat 14:00 da Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Fusunkor ko‘chasi, 86-uy, Shahrisabz tumani hokimligi binosida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishdir.
Soha mutaxassislari va tadbirkorlarni ochiq muloqotga taklif etamiz.
