Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
2026-09-23 16:15:00 / E’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Texnologik transformatsiya markazi faoliyati doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malakali mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
1. NO‘A (nazorat va o‘lchov asboblari), kontroller texnikasi va sanoat avtomatizatsiyasi bo‘yicha ekspert
Asosiy vazifalari:
- NO‘A, avtomatika vositalari, PLC, DCS, SCADA va kontroller uskunalarini xarid qilish bo‘yicha texnik topshiriqlarni ko‘rib chiqish;
- texnik talablarning asoslanganligi va yagona tarmoq talablariga muvofiqligini baholash;
- uskunalar va texnik yechimlarni unifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarga asossiz bog‘lanishlarning oldini olish;
- tarmoq bo‘yicha yagona va shaffof texnik siyosatni shakllantirish.
2. ASU TP, texnologik ma’lumotlar va Situatsion markaz bo‘yicha ekspert
Asosiy vazifalari:
- tarmoq korxonalarida avtomatlashtirish darajasi va texnologik jarayonlarni o‘rganish;
- TJBTA, SCADA, DCS, PLC va boshqa ishlab chiqarish tizimlarini tahlil qilish;
- asosiy texnologik va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini aniqlash;
- texnologik ma’lumotlarni yig‘ish, unifikatsiya qilish va xavfsiz uzatish bo‘yicha yagona arxitekturani shakllantirish;
- Vazirlik Situatsion markazi uchun dashboardlar va maket ishlab chiqish.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- tegishli yo‘nalishda oliy texnik ma’lumot;
- kamida 5 yillik amaliy ish tajribasi;
- sanoat avtomatizatsiyasi va ishlab chiqarish tizimlari bo‘yicha tajriba;
Tanlovda ishtirok etish niyati bo‘lgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- Fuqarolik pasporti nusxasi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi);
- Diplom, sertifikat, shahodatnoma, guvohnoma;
- Nomzodning ish faoliyati haqida ma’lumotnoma (yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumoti bilan birgalikda);
- CV/rezyume;
- mavjud bo‘lsa, avvalgi ish beruvchi yoki buyurtmachilarning tavsiyanomalari.
Hujjatlar elektron shaklda N.Tuxtamisheva@mingeo.uz manziliga yuborilishi lozim.
