Lasselsberger Group tarkibiga kiruvchi Cemix kompaniyasi bilan kelishuv imzolandi
2024-09-20 17:25:00 / Yangiliklar
2024-yil 20-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari A.Kadirxodjayev hamda vazirlik vakillari Cemix kompaniyasi bosh direktori I.Xlintsev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Samarqand viloyati Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan quruq qurilish qorishmalari va bo‘yoq materiallarini ishlab chiqarish loyihalari muhokama qilindi.
Shuningdek, taftish tarzidagi burg‘ilash ishlarini amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama kelishuv imzolandi.




