E’lon: Barcha manfaatdor tashkilotlarga
2026-09-18 19:15:00 / E’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan “Geomonitoring” axborot tizimining II-bosqichini yaratish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ishlab chiqilgan texnik topshiriq asosida mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha axborot tizimlarini ishlab chiqish yo‘nalishida ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etish bo‘yicha autsorsing o‘tkazish imkoniyati dastlabki o‘rganish ishlarini e’lon qiladi.
Takliflarni axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha xizmatlarni amalga oshiradigan yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan barcha manfaatdor tashkilotlar yuborishlari mumkinligi ma’lum qilinadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, texnik topshiriq asosida takliflarni 2026-yil 25-sentabr, soat 18:00 gacha info@mingeo.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
Telefon raqami: 71-230-06-21.
