E’lon: Barcha manfaatdor tashkilotlarga
2026-09-18 18:45:00 / E’lonlar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonida ishlab chiqilgan texnik topshiriq asosida mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha ArcGIS Enterprise geoaxborot platformasida geologik ma’lumotlar milliy bazasini ishlab chiqish yuzasidan ushbu yo‘nalishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etish bo‘yicha autsorsing o‘tkazish ishlarini e’lon qiladi.
Takliflarni ArcGIS Enterprise geoaxborot platformasi bo‘yicha xizmatlarni amalga oshiradigan yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan barcha manfaatdor tashkilotlar yuborishlari mumkinligi ma’lum qilinadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, texnik topshiriq asosida takliflarni 2026-yil 25-sentabr, soat 18:00 gacha info@mingeo.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
Telefon raqami: 71-230-06-21.
