Kon-geologiya vazirligi sohasi vakillari Kislovodsk shahrida “Dam olish-davolanish, bilim olish, malaka oshirish” loyihasi doirasidagi seminarda ishtirok etishdi
2026-09-18 18:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 6 - 16-sentabr kunlari “Oʻzbekiston” sanatoriyasida “Dam olish-davolanish, bilim-olish, malaka oshirish” loyihasi doirasida navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari xodimlari, boshqa turli idora va tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Seminar Respublika sanatoriyalari (Yalta-Kislovodsk) faoliyatini qayta tiklash va modernizatsiyalash “Oʻzbekiston” fondi koʻmagida tashkil etilgan boʻlib, unda respublika miqyosida davlat boshqaruv organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning sogʻligini tiklash va malakasini oshirish koʻzda tutilgan.



