GEOMIN 2026: “OKMK” AJ obyektlariga amaliy tashrif uyushtirildi
2026-09-18 15:15:00 / Yangiliklar

Dastlab xorijlik ishtirokchilar, SEG vakillari va ekspertlar “Qalmoqqir” konining kuzatuv maydonchasida obyektning geologic tuzilishi, u yerda amalga oshirilayotgan konchilik ishlarini ko‘zdan kechirdilar. So‘ngra mehmonlar Kovuldi ma’dan tayyorlash maydonidagi kern saqlash omborida kernlarning namunaviy ko‘rgazmasini tomosha qildilar, namunalarning geologik talqinlari mutaxassislar bilan muhokama etildi.
Kunning ikkinchi yarmida Geologik va raqamli 3D model taqdimoti o‘tkazildi, Geologik 3D modelning fizik va raqamli koʻrinishi bilan tanishishdi, “Qalmoqir” konining geologik tuzilishi va minerallashuvi boʻyicha qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi.
GEOMIN ishtirokchilar, SEG vakillari tashrif uchun Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “OKMK” AJ rahbariyatiga, tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdilar.









