O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida muhim xomashyo sohasida anglashuv memorandumi imzolandi
2024-09-16 17:50:00 / Yangiliklar
2023-yil sentabrda Nyu-York shahrida yuqori darajada boʻlib oʻtgan sammitda davlatlar rahbarlari foydali qazilmalar boʻyicha muloqotni boshlash niyatida ekanliklari haqida eʼlon qildilar. Mazkur memorandum Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekistonning o‘sha sa’y-harakatlarni ilgari surish, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi dastlabki odimlaridan biri bo‘ldi.
Kelishuvdan koʻzlangan maqsad mamlakatlar oʻrtasida muhim xomashyo sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, boshqa yoʻnalishlardagi aloqalarni ham rivojlantirishdan iborat.
Ushbu hujjat muhim xomashyo sohasida AQSh – Oʻzbekiston muloqotining davom etishiga, geologiya qidiruv, qazib olish va yuqori qiymatli mahsulot zanjirini yaratish yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.
Bundan tashqari tadbir doirasida 2024-yil 24 – 26-sentabr kunlari Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan tog‘-kon sanoatidagi eng yirik global tadbir – “MINExpo INTERNATIONAL” ko‘rgazmasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bilan suhbat o‘tkazildi.