Vazirning birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston-Serbiya biznes-forumida ishtirok etdi
2026-09-09 16:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat davlat organlari, ishbilarmon doiralari, yetakchi sanoat va savdo kompaniyalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Serbiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F.Xamidova ishtirok etdi.

U o‘z nutqida O‘zbekistonda geologiya va tog‘-kon sanoati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda yaqin istiqboldagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi.
O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida geologik o‘rganish, kritik va strategik mineral resurslar, geologik ma’lumotlarni raqamlashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish, shuningdek, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish sohasidagi hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston tomonining serbiyalik hamkorlar bilan amaliy o‘zaro hamkorlikni kengaytirish hamda geologiya va tog‘-kon ishi sohasida uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.



