“O‘zbekko‘mir”AJ jamoasi vazirlik va idoralar o‘rtasida oʻtkazilgan Mustaqillik kubogida 2-o‘rinni egalladi
2026-09-07 09:05:00 / Yangiliklar
“Zakovat” NNT tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar oʻrtasida Mustaqillik kubogi tashkil etildi.

Unda turli tashkilotlar xodimlaridan tuzilgan jami 78 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashdi. Jumladan, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi nomidan vazirlik, “NKMK” AJ, “OKMK” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ kabi jamoalar ishtirok etishdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi Mustaqillik kubogi Zakovat musobaqasida muvaffaqiyatli qatnashib, kubok g‘olib bo‘lgan Adliya vazirligidan keyin faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.





