Vazirlik xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi
2026-09-03 17:00:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davlat xizmatchilarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va sadoqatni mustahkamlash, boshqaruv madaniyatini yuksaltirish hamda kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratildi.
Seminarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Loyiha ofisi rahbari B. Tog‘ayev, Loyiha ofisi mas’ul xodimi Z. Akbarkulova hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti L. Inagamova ishtirok etdi.
Dastur doirasida boshqaruv psixologiyasi, stressni samarali boshqarish va zamonaviy davlat xizmatida ma’naviy qadriyatlarning o‘rni bo‘yicha ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.









