Vazir o‘rinbosari “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi
2026-09-03 10:15:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov joriy yilning 2-sentabr kuni “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelejak yaratamiz!” Shiori ostida poytaxtimizdagi 83-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida qatnashdi.

U.Yusupov mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga yo‘llagan tabrigi”ni o‘qib berdi, shuningdek 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari”ni tantanali ravishda topshirdi.
Maktabda o‘tkazilgan “Mustaqillik darsi”da vazir o‘rinbosari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tog‘-kon sanoati va geologiya sohasining yurtimiz iqtisodiyotidagi o‘rni, bilimli yoshlar erishayotgan muvaffaqiyatlar haqida gapirib berdi.



