Nurobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-08-29 12:15:00 / Yangiliklar
2026-yil 29-avgust kuni Nurobod tumani Sarikul MFYdagi Ixtisoslashtirilgan maktabda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil qilindi.

Unda vazir o‘rinbosari U. Yusupov, Nurobod tumani hokimi E. Buranov, “O‘zbekiston TMK” AJ Boshqaruv raisi oʻrinbosari U. Ruziyev va mas’ullari, tadbirkorlar, mahalla yettiligi hamda mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq va amaliy yechimlar taklif etildi. Ayrim masalalar sayyor qabul davomida hal etildi.
Mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.



