Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-08-27 18:15:00 / E’lonlar
Mazkur uchrashuvda vazir o‘rinbosari U. Yusupov ishtirok etib, soha bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari va takliflarini tinglaydi.

Sayyor qabul 2026-yil 29-avgust kuni soat 10:30 da Samarqand viloyati, Nurobod tumani, “Sarikul” MFYda bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishdir.
Soha mutaxassislari va tadbirkorlarni ochiq muloqotga taklif etamiz.
