Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi
2026-08-27 16:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda Mustaqillik kuni arafasida yuksak davlat mukofotlari, orden va medallar olgan soha xodimlari, Vazirlik, uning tizimosti korxonalari rahbarlari, sohadagi mehnati eʼtirof qilingan faxriylar ishtirok etishdi.
Tantanali tadbirni Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov kirish soʻzi bilan ochib berdi, mustaqillik ulug‘ ne’mat ekanligi, uning ahamiyati beqiyosligini alohida qayd etib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoyilar mehnatini eʼtirof qildi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, malakali kadrlarni yetishtirish hamda mamlakat iqtisodiy salohiyatini namoyon qilish soha oldidagi asosiy vazifalar ekanligiga urg‘u berildi.
Yuksak mukofotlar nafaqat shaxsiy tashabbuslar balki ular birgalikda ishlaydigan mehnat jamoalariga berilgan baho ekanligi, togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi islohotlarning ijobiy natijasi ekanligi taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbirda vazirlik markaziy apparati xodimlarining bir guruhiga hamda tizimosti korxonalar rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishonlari topshirildi.






