Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan gidrogeologik tadqiqot ishlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi
2026-08-25 16:35:00 / Yangiliklar
“Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida geologiya-qidiruv ishlarini bajaradigan tashkilotlar tomonidan loyihalar kesimida amalga oshirilgan ishlarni nazoratini olib borish boʻyicha Ishchi guruh reja-grafigi” ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlikning Gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi va geoekologiya, Geologiya ishlarini texnik muvofiqlashtirish hamda Moliyalashtirish boʻlimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, “Oʻzbekgidrogeologiya” DM Orolboʻyi dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi tomonidan Gʻarbiy Orol, Orol, Shimoliy Ustyurt va boshqa gidrogeologiya guruhlari loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan gidrogeologik tadqiqot ishlari holati o‘rganildi.
Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazilib, Moʻynoq tumanini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.



