Barqiroq intruzivi hududida dala tadqiqtolari olib borildi
2026-08-20 11:05:00 / Yangiliklar
Geologiya fanlari universiteti “Geologiya va geofizika instituti” DM ilmiy xodimlari tomonidan “O‘rta va Janubiy Tyan-Shan granitoidlarining petrogenetik turlarini va ularga aloqador endogen ma’dan shakllantiruvchi tizimlarning evolyutsiyasini aniqlash (I-bosqich)” mavzusidagi loyiha doirasida Barqiroq intruzivi hududida dala tadqiqotlari amalga oshirildi.

Dala ishlari davomida intruzivning geologik tuzilishi, tarkibi va o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha dala kuzatuvlari olib borildi.
Turli tog‘ jinslaridan keyingi laboratoriya tadqiqotlari uchun namunalar olindi va intruziv jinslarning tarqalish xususiyatlari hamda ularning geologik muhit bilan o‘zaro munosabati dastlabki baholandi.


