OKMK ISO 37001:2025 sertifikatini oldi
2026-08-18 15:15:00 / Yangiliklar
“OKMK” AJ korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi muvaffaqiyatli sertifikatlashtirildi va korxona navbatdagi yirik xalqaro yutuq – ISO 37001:2025 (Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi) sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Tashkilotlarda korrupsiya va poraxoʻrlik xavflarining oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyish boʻyicha Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan eng nufuzli jahon standartining yangi 2025 yildagi tahriri Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tantanali ravishda topshirildi.
Xalqaro sertifikat OKMK mahsulotlarining dunyo bozoridagi raqobatbardoshligini karrasiga oshirib, xalqaro bozorlarga toʻsiqsiz chiqish imkonini kengaytiradi.
ISO 37001:2025 xalqaro sertifikati butun dunyo miqyosida tan olingan andoza boʻlib, 32 ta eng qat’iy xalqaro mezon va tizimli xavflarni xolis audit qilish orqali taqdim etiladi.

