Yer osti suvlaridan oqilona foydalanish va avtomatlashtirish boʻyicha “Qashqadaryo tajribasi” oʻrganildi
2026-08-13 16:15:00 / Yangiliklar

Markaz tomonidan aholi tomorqa yerlarini sugʻoradigan quduqlardan samarali foydalanish, suv va elektr energiyasi resurslarini iqtisod hamda ularni zamonaviy boshqaruv tizimiga oʻtkazish maqsadida respublikada ilk bor “Oqil quduq” raqamlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan, amaliyotga joriy etilgan, mazkur innovatsion yechim bugungi kunda Qashqadaryo tajribasi sifatida eʼtirof etilib, tik sugʻorish quduqlarini raqamli boshqarishning yagona namunasi hisoblanadi.
Oʻrganishda 51 ta tik sugʻorish quduqlari raqamlashtirilganligi, ular Markaziy dispetcherlik xizmatiga integratsiya qilinib, toʻliq kamera nazorati ostiga olinganligi hamda mazkur amaliyot muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilganligi qayd etildi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi mutasaddilari yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish, mazkur amaliyotni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun chet el va mahalliy donor tashkilotlarni jalb etish, yer osti suv zaxiralaridan foydalanish holatlari ustidan nazorat oʻrnatish masalalarini kelishib oldilar.

