“Qamchiq” dovonida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi
2026-08-11 17:55:00 / Yangiliklar
“O‘zbekgidrogeologiya” DM Davlat geologik monitoring xizmati va tegishli FVDT tashkilotlar xodimlari ishtirokida “Qamchiq” dovoni hududidagi 2026–2027-yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, yo‘l infratuzilmasi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda A-373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘li va “Angren–Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Shuningdek, kuch va vositalarning shayligi, dovon hududidagi xavfli geologik jarayonlar ta'siri mavjud uchastkalar, ushbu hududlarda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mutassaddi idoralarga vazifalar belgilab olindi.


