Kon-geologiya vazirligi vakili Turkiyada stajirovka oʻtamoqda
2024-09-04 12:30:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Turkiya Prezidenti huzuridagi Inson resurslari ofisi hamkorligida tashkil etilgan dastur asosida Turkiyadagi stajirovkada ishtirok etmoqda.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari ishtirok etayotgan stajirovka dasturi davomida Turkiyaning inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda joriy qilingan raqamli dasturlari hamda innovatsion yechimlari bilan tanishilib, sohada oʻzaro tajriba almashilmoqda.
Ishtirokchilar inson resurslarini boshqarishda joriy qilingan zamonaviy usullar va raqamli yechimlar boʻyicha tajriba almashib, ishga kirgan yangi xodimlarni davlat xizmatiga moslashtirish usullarini oʻrganib, Turkiya vazirlik va idoralari Inson resurslarini boshqarish departamentlari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.




