Davlat xaridlari jarayonida amaldagi tartib-taomillarga rioya etish orqali moliyaviy xavflarni aniqlash, baholash, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya xavf-xatarlarini oldini olish yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi
2026-08-07 17:55:00 / Yangiliklar

Tadbirda Kon-geologiya vazirligi markaziy apparat xodimlari hamda hamda 20 dan ortiq tizimosti korxonalarining xaridlar, buxgalteriya, moliya, ichki audit boʻlimlarining masʼullari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimlari ishtirok etdi.
Dastlab Kon-geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari F.Xamidova yigʻilish ishtirokchilariga vazirlikda mazkur sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumot berib oʻtdi.
Shuningdek, seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori Sh.Soliyev va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi masʼul xodimi B.Toʻxtasinov “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari va xaridlar sohasidagi yangiliklar, xaridlar jarayonida amaldagi tartib-taomillar toʻgʻrisida maʼruzalar qildilar.
Maʼruzachilar tomonidan davlat xaridlari jarayonida moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, xavf darajalarini baholash, korrupsiogen xavf-xatarlarini kamaytirish hamda yangi xarid qonunchiligi talablarini bajarish, uning buzilish oqibatida javobgarliklar haqida tushuntirishlar berishdi.









