IGCP735 Field Conference xalqaro amaliy dala konferensiyasi start oldi
2026-08-07 10:00:00 / Yangiliklar
Kitob geologiya milliy tabiat bogʻining xalqaro ilmiy va sayyohlik salohiyatini oshirish maqsadida 4-11-avgust kunlari IGCP735 Field Conference xalqaro amaliy dala konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiyada xorijiy mutaxassislarga Zarafshon–Hisor tektonik birliklaridagi Ordovik davri, uning boy faunasini yaʼni 420-460 million yil oldingi noyob hayvon qoldiqlarini hamda xos choʻkindi togʻ jinslar ketma-ketligini kuzatish imkoni beriladi.
Mazkur xalqaro konferensiya, paleontologiya va stratigrafiya yoʻnalishlarini targʻib qilishda hamda rivojlantirishda katta xizmat qiladi. Anjumanda turli mamlakatlar, ilmiy muassasalar va fan sohalaridan kelgan olimlar ishtirok etmoqda.
Konferensiya davomida qilingan maʼruzalar, muhokamalar va tajriba almashishlar yakunda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlaydi, yangi ilmiy kashfiyotlarga zamin yaratadi.




