Seversov muzligida ilmiy tadqiqotlar olib borildi
2026-08-03 17:15:00 / Yangiliklar
Geologiya va geofizika instituti Glyatsial geologiya markazi ilmiy xodimlari hamda “Hisor” davlat qo‘riqxonasi mutaxassislari hamkorligida Hisor tog‘ tizmasida joylashgan Seversov muzligida kompleks dala tadqiqotlari amalga oshirildi.

Dengiz sathidan 4000 metr balandlikda olib borilgan tadqiqotlar davomida muzlikning mavsumiy massa balansi o‘rganilib, qorning suvlilik ekvivalenti o‘lchandi, nival hudud iqlimini doimiy kuzatish uchun avtomatik meteorologik stansiya o‘rnatildi hamda morena yotqiziqlaridan geokimyoviy tahlillar uchun namunalar olindi.
Izlanishlar muzlikning bugungi holati, gidrologik xususiyatlari va iqlim o‘zgarishining uning dinamikasiga ta’sirini ilmiy asosda baholashga xizmat qiladi.




