KAIST bilan fan, ta’lim va metallurgiya sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-07-31 18:30:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida tomonlar ilmiy-texnologik va akademik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilib, metallurgiya sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mineral xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Shuningdek, oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik, jumladan, akademik almashinuvni rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar ilmiy-ta’lim va texnologik yo‘nalishlardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish hamda amaliy takliflarni tayyorlashga kelishib oldilar.


