“Muruntov” konida zamonaviy burgʻilash texnologiyalari joriy etilmoqda.
2026-07-29 11:30:00 / Yangiliklar
Konchilik ishlarining muhim bosqichlaridan biri boʻlgan burgʻilash jarayonida ishlab chiqarish hajmlarining ortishi zamonaviy va yuqori unumdor uskunalardan samarali foydalanishni taqozo etmoqda.

2025-yilda konda 3,7 mln metr burgʻilash ishlari bajarilgan boʻlsa, joriy yil yakuniga qadar ushbu koʻrsatkichni 7,8 mln metrdan oshirish rejalashtirilgan. Bu esa konning shimoliy, janubiy va sharqiy hududlarida ishlarni oʻz vaqtida amalga oshirish hamda qazib olish hajmlarini yanada oshirish imkonini beradi.
Bugungi kunda mavjud burgʻilash uskunalari bosqichma-bosqich zamonaviy burgʻilash qurilmalariga almashtirilmoqda. Mazkur uskunalar yuqori unumdorligi bilan ajralib turib, bir sutkada oʻrtacha 500 metr burgʻilash ishlarini bajarish quvvatiga ega.



