“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ: Beshsandiq uchastkasida kumush, qo‘rg‘oshin va ruxga geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda
2024-08-28 17:45:00 / Yangiliklar
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Toshkent MGQE Sharqiy Qurama dala ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan Beshsandiq uchastkasida geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirilmoqda.

Qurama tog‘ining shimoliy yonbag‘rida joylashgan, dengiz sathidan balandligi 2000 - 3000 metr bo‘lgan hududda kumush, qo‘rg‘oshin va rux rudalarini izlash ishlari olib borilayapti.
Uchastkada yer usti lahim o‘tish ishlari, yer usti burg‘ilash ishlari va yer osti lahimini qayta o‘tish ishlari bajarilmoqda.




