Polsha bilan tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-07-27 17:00:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida tomonlar geologiya va tog‘-kon sanoati sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, geologik qidiruv ishlari hamda investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvda Polshaning Katovitse shahrida joriy yilning 9–11-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Future Mining Forum & Expo” xalqaro tog‘-kon sanoati forumi hamda Toshkent shahrida rejalashtirilayotgan “GEOMIN-2026” xalqaro forumi muhokama qilindi. Tomonlar ushbu tadbirlarda o‘zaro faol ishtirok etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida geologiya va tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi. Bundan tashqari, joriy yilda Polsha tog‘-kon kompaniyalari delegatsiyasining O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifi doirasida vazirlik rahbariyati bilan alohida uchrashuv tashkil etish masalasi muhokama qilindi.


