2026-yilda 293 nafar talaba Geologiya fanlari universitetini tamomladi
2026-07-23 11:00:00 / Yangiliklar
2026-yil 21-iyul kuni Geologiya fanlari universitetida bakalavriat va magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda universitetni jami 293 nafar talaba tamomladi. Shundan 269 nafari bakalavriat, 24 nafari magistratura bitiruvchilari bo‘lib, 11 nafar bitiruvchi imtiyozli diplomga sazovor bo‘ldi.
Tadbir davomida geologiya va tog‘-kon sanoati tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlash, yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




