Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-07-22 17:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda tog‘-kon sanoati sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, O‘zbekistonning investitsiya salohiyati hamda geologik qidiruv va yer qa’ridan foydalanish yo‘nalishlaridagi loyihalarni amalga oshirish shartlari muhokama qilindi.
F. Xamidova Xitoy biznesining O‘zbekiston tog‘-kon sanoati sohasidagi loyihalarga bo‘lgan yuqori qiziqishini ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga yer qa’ridan foydalanish huquqini olishning amaldagi mexanizmlari, jumladan, ochiq auksion savdolari tartibi haqida ma’lumot berildi.
Xitoy delegatsiyasi istiqbolli loyihalarda ishtirok etishga, mavjud texnologiyalar va amaliy tajribasini qo‘llashga tayyor ekanini bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning belgilangan yo‘nalishlarini birgalikda ishlab chiqish hamda aniq takliflar almashinuvini davom ettirishga kelishib oldilar.


