Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
2026-07-17 16:00:00 / Yangiliklar

Seminarni ochib bergan R. Yusupov vazirlik va tizim tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlarini kuchaytirish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori, polkovnik Sh. Qobilov korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilik asoslari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik hamda so‘nggi qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida ma’ruza qildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, sohada qonuniylik va shaffoflikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.







