Kon sanoati sohasi xodimalari Pragada xalqaro tajriba almashdilar
2026-07-17 16:30:00 / Yangiliklar

Unda vazirlik mas'ullari, shuningdek, «OKMK» AJ va «NKMK» AJ xotin-qizlar kengashlari rahbarlari ishtirok etdilar. Dastur davomida ishtirokchilar gender tengligi, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy inklyuziya, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash borasidagi Yevropa tajribasi bilan tanishdilar. Shuningdek, Chexiya Respublikasining davlat idoralari, ta’lim muassasalari hamda tarmoq tashkilotlariga tashrif buyurib, ularning faoliyati va ilg‘or tajribasini o‘rgandilar.
Delegatsiya Yevropa Parlamentining Pragadagi axborot ofisida ham bo‘lib, Yevropa Ittifoqining shakllanish tarixi, institutsional tizimi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari, a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari, iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlari hamda demokratik boshqaruv tamoyillari bilan yaqindan tanishdi.
Mashg‘ulotlar va amaliy uchrashuvlar davomida liderlik va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, innovatsiyalar hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or xalqaro tajribani tarmoq korxonalari faoliyatiga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Dastur yakunida ishtirokchilarga xalqaro namunadagi sertifikatlar topshirildi.






