Vazirlik rahbariyatining OKMK yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-07-10 16:35:00 / Yangiliklar

Ochiq muloqot davomida yosh mutaxassislar ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, samaradorligini oshirish va innovatsion yechimlarni joriy etishga qaratilgan loyiha hamda takliflarni taqdim etdi. Har bir tashabbus yuzasidan ularni yanada takomillashtirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
F. Xamidova yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning istiqbolli g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoit yaratish sohani rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, yosh mutaxassislarning takliflari korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.




