Geologiya va konchilik yoʻnalishida ilmiy muloqot
2026-07-09 17:45:00 / Yangiliklar
Geologiya va geofizika institutida Xitoy geofanlar universiteti (China University of Geosciences) professorlari ishtirokida ilmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbir institut hamda universitet oʻrtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi doirasida tashkil etildi. Professorlar Huang Chunbo, Dai Shanshan va Qin Yi “Xitoy – Markaziy Osiyo: barqaror mineral resurslar va yashil konchilik” mavzusida maʼruza qildilar.
Uchrashuv davomida yashil konchilik texnologiyalarini rivojlantirish, kritik mineral resurslarni oʻrganish, zamonaviy geologik tadqiqot usullarini joriy etish hamda qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.


