Zamonaviy burg‘ilash texnologiyalari muhokama qilindi
2026-07-03 17:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Hamidova Buyuk Britaniyaning Astera Minerals UK kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiyaga kompaniyaning boshqaruvchi direktori Yelena Baranova boshchilik qildi. Tadbirda RJLL Drilling kompaniyasi aksiyadori va prezidenti Devid Bredli ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida kompaniyalarning texnologik va ishlab chiqarish imkoniyatlari, jumladan, avtomatlashtirilgan burg‘ilash qurilmalari, sun’iy intellekt asosidagi yechimlar hamda burg‘ilash ishlarida qo‘llanilayotgan ekologik xavfsiz texnologiyalar taqdim etildi.
Xorijiy delegatsiya O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda tarmoq korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini yanada puxta ishlab chiqishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

