JOGMEC bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-07-01 17:45:00 / Yangiliklar
Geologiya fanlari universitetida Yaponiyaning Japan Organization for Metals and Energy Security (JOGMEC) tashkiloti delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ilmiy tadqiqotlar, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Alohida e’tibor Janubiy Tyanshan orogen mintaqasi hamda Sharqiy Lolabuloq ruda maydonida qo‘shma geologik dala tadqiqotlarini amalga oshirish istiqbollariga qaratildi. Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan tomonlar o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.


