Diqqat tanlov!
2026-06-19 16:45:00 / E’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan “Aholining yer osti suvlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha huquqiy va madaniy bilimlarini oshirish hamda yer osti suvlaridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini yer osti suvlaridan oqilona foydalanishdagi huquqiy va ma’daniy bilimlarini oshirish hamda O‘zbekistonda yer osti suvlaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shu bilan birga davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish kabi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi.
Loyihaning amalga oshirish davri: 2026-yil 1-avgustdan 30-dekabrgacha.
Loyiha uchun talab etiladigan mablag‘: 60 mln so‘m.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Magdiyev Fazlixon Nasimovich – geologiya ishlarini texnik muvoqlashtirish boʻlimi boshligʻi.
Telefon: +99877-210-69-41
