Yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-06-11 17:15:00 / Yangiliklar

Mazkur uchrashuvda Geologiya fanlari universiteti o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar, doktorantlar hamda tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari yosh xodimlari qatnashdi.
Dastlab vazir o‘rinbosari ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, arxiv manbalari bilan ishlash imkoniyatlarini kengaytirish hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr va tavsiyalari bildirdi.
Uchrashuvda foydali qazilmalar zaxiralarini baholashda zamonaviy 3D modellashtirish texnologiyalaridan foydalanish, neft va gaz konlari geologiyasi, tuz konlarini o‘rganish istiqbollari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan yosh tadqiqotchilar tomonidan qator savollar, takliflar berildi.
Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning ilmiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning takliflarini amaliyotga joriy etish hamda geologiya sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni sohaga oid dolzarb masalalar yechimiga jalb etish hamda geologiya tarmog‘ining kelajak rivojiga xizmat qiluvchi muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.








