Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-06-09 20:30:00 / E’lonlar
Mazkur uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari F. Xamidova ishtirok etib, soha bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari va takliflarini tinglaydi.

Sayyor qabul 2026-yil 13-iyun kuni soat 10:00 da Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, I.Karimov ko’chasi, 39-uy, Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishdir. Soha mutaxassislari va tadbirkorlarni ochiq muloqotga taklif etamiz.
