Yer osti suvlari monitoringini avtomatlashtirish va modellashtirish bo‘yicha o‘lchov qurilmalari rasman qabul qilindi
2026-06-09 16:15:00 / Yangiliklar
Shveytsariya hamkorlik va taraqqiyot agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʻzbekistonning Zarafshon daryosi havzasida iqlimga bardoshli integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarish” loyihasi boʻyicha Caritas Switzerland kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Oʻzbekgidrogeologiya” DM mas’ullari tomonidan Zarafshon daryosi havzasi loyihasi boʻyicha yer osti suvlari monitoringini avtomatlashtirish va modellashtirish uchun jalb qilingan asbob-uskunalar qabul qilindi.
Shu bilan birga, loyiha doirasida 2026-2027-yillarda vazirlik va Caritas Switzerland tomonidan amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Tomonlar hamkorlikni yanada kuchaytirish va yer osti suvlari boʻyicha yangi loyihalarni tatbiq etish yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar.



