Gonkong delegatsiyasi bilan biznes muloqotlar o‘tkazildi
2026-06-04 17:50:00 / Yangiliklar

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J. Xodjayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari I.Qosimov, shuningdek, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova ishtirok etdi.
Uchrashuvda sanoat, moliya, logistika, axborot texnologiyalari va qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi Gonkong kompaniyalarining 120 dan ortiq vakillari qatnashdi. Tadbir davomida mehmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investitsiyaviy imkoniyatlar, tadbirkorlik uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda investorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.
Davra suhbati doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, moliyaviy aloqalarni mustahkamlash va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro investitsiyalar hajmini oshirish va uzoq muddatli manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
