Samarqand shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-06-04 16:15:00 / Yangiliklar
2026-yil 4-iyun kuni Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil qilindi.

Unda vazir o‘rinbosari R. Yusupov, “O‘zbekgidrogeologiya” DM, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM rahbarlari hamda tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq va amaliy yechimlar taklif etildi. Ayrim masalalar sayyor qabul davomida hal etildi.
Mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.





